DOORHAN-KROVLYA tom yopma tizimlari — bu issiqlik va namlikdan himoyalovchi materiallardan tashkil topgan, yuk ko‘taruvchi profilli list ustiga o‘rnatiladigan qatlamli tom yopma konstruktsiyasidir. Ushbu "qatlamli konstruksiya" tarkibida tom yopishga mo‘ljallangan PVX membrananing qo‘llanilishi suv o‘tkazmaydigan qoplama hosil qiladi, bu esa bino ichki qismini yog‘ingarchilikdan ishonchli himoya qiladi. Mazkur tizimlar barcha turdagi yangi binolar va inshootlar uchun tekis tomlarni barpo etishda, shuningdek, mavjud tom konstruksiyalarini rekonstruksiya qilishda qo‘llaniladi.