Seksion eshiklar Toshkent shahridagi katta va kichik ishlab chiqarish korxonalarida, yangi qurilgan binolarda va xususiy uylarda keng tarqalgan. Seksion eshiklar —bir necha gorizontal plastinkalardan iborat bo‘lib, ochilish va yopilish vaqtida birin-ketin harakatlanadi. Seksion eshiklar korxonalarda, omborlarda, ishlab chiqarish joylarida hamda uy garajlarida ishlatilishi mumkin.
Seksion eshiklar vertikal ochilish mexanizmiga ega bo‘lib, bu garajning ichki va tashqi qismida joyni sezilarli darajada tejash imkonini beradi. Zamonaviy seksion eshiklarning deyarli barchasi elektronika bilan jihozlangan va avtomatik funksiyalarga ega. Ular avtomatik boshqaruv tizimiga ega bo‘lib, masofadan turib boshqarish imkonini beradi.
DoorHan assortimentida quyidagi turdagi seksion eshiklarni topishingiz mumkin:
Garaj eshiklari – bu klassik eshik turi bo‘lib, ishlab chiqarish joylarida ham, aholi turar joylarida ham keng tarqalgan. Bu turdagi eshiklar, odatda, garaj kirish qismini to‘sish uchun ishlatiladi. Garaj o‘lchamidan qat’iy nazar, bu eshiklar o’rnatilganda avtomobil, asbob-uskunalar va boshqa buyumlar uchun yetarli joy qoldiriladi, ularni joylashtirishda o‘zgartirishlar kiritishga hojat qolmaydi.
Sanoat eshiklari – bu mustahkam va chidamli eshiklar bo‘lib, panellardan iborat. Ular vertikal tarzda ko‘tarilib, shift ostiga yig‘iladi. Ushbu eshiklar ishonchli issiqlik va tovush izolyatsiyasiga ega, shuningdek, avtomatlashtirilgan bo’lganligi uchun sanoat obyektlarida foydalanish juda qulay. Bu eshiklar tashqi omillarga chidamli bo‘lib, ular omborlar, zavodlar va boshqa sanoat binolari uchun mukammal hisoblanadi. Garaj eshiklari ham xuddi shunday prinsiplarga asoslangan bo‘lib, kimyoviy moddalar va ob-havo ta’siriga yuqori darajada chidamliligi bilan ajralib turadi.
Toshkentda seksion eshiklarni DoorHan.uz saytimiz orqali xarid qilishingiz mumkin. Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish mavjud/ Biz 30 yildan ortiq vaqt davomida seksion eshiklarni loyihalash va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanamiz va mijozlarimizga eng yuqori sifatli mahsulotlarni taqdim etamiz.