Ko‘cha darvozalari
Toshkentda ko‘cha darvozalari va panjara bo‘limlariga shahar tashqarisidagi uylar va yer uchastkalari egalari orasida katta talab mavjud. Panjara bo‘limlari sizning dala hovlingizni begona kishilarning kirib kelishidan himoya qilibgina qolmay, hovlining ichida sodir bo‘layotgan voqealarni tashqaridan kuzatishga to‘sqinlik qiladi.
DoorHan quyidagi turdagi ko‘cha darvozalari va panjara bo‘limlarini ishlab chiqaradi:
Qo‘l bilan ochiladigan ko‘cha darvozalari – bu klassik ko‘rinishdagi darvozalar bo’lib, shahar tashqarisidagi xonadonlarda ko’proq uchraydi. Bunday darvoza ikkita katta eshikdan iborat bo‘lib, yon tomonlardan biriga ochiladi. Biroq, to‘liq ochilishi uchun yetarli darajada bo‘sh joy talab etiladi.
Sürmeli (sirpanadigan) ko‘cha darvozalari – bu zamonaviy avtomatlashtirilgan darvoza turi. Qo‘l bilan ochiladigan darvozalardan farqli o‘laroq, ushbu model darvoza devor yoki panjara bo‘ylab relslar orqali yon tomonga siljish yo‘li bilan ochiladi.
Kalitkalar – bu inson bo‘yiga mos oddiy eshiklar bo‘lib, ular darvozaga yoki panjara bo‘limiga o‘rnatiladi va darvozani to‘liq ochmasdan kirib-chiqish imkonini beradi. Panjara bo‘limlari esa – bu alyuminiy karkasdan tashkil topgan, sendvich-panellar bilan to‘ldirilgan modulli to‘siqlardir. Taqdim etilgan mahsulotlarning barchasi istalgan dizaynda, yoki mijozning xohishiga ko‘ra turli materiallardan tayyorlanishi mumkin.
DoorHan ishlab chiqarayotgan ko‘cha darvozalari va panjara bo‘limlari mustahkamliligi, tashqi ta’sirlarga chidamliligi va har qanday arxitektura yechimlariga mos keluvchi zamonaviy dizayni bilan ajralib turadi. Shunday qilib, ko‘cha darvozalari va panjaralar nafaqat xavfsizlikni ta’minlaydi, balki uyning tashqi ko‘rinishini boyitib, uni bezab turuvchi muhim elementga aylanadi. O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchidan ko‘cha darvozalarini buyurtma qilish uchun bizning veb-saytimizga murojaat qiling – DoorHan.uz.